AsosiyDunyo

Jeki Channing o`g`lini giyohvand moddalar qabul qilganlikda ayblashmoqda

Xitoyda Jeki Channing o`g`liga giyohvand moddalarni sotish bo`yicha ayblov e`lon qilindi, deya xabar bermoqda Reuters. Qayd etilishcha, endi 32 yoshli Jeysi Chan sud oldida javob beradi.

Pekin polisiyasi Jeysi Channi akter Kay Ko bilan bigalikda 2014 yilning avgust oyida qo`lga olgan. Tibbiy tekshiruvlar akterlarning marixuanna moddasini qabul qilganliklarini ko`rsatdi. Keyinchalik esa kichik Channing uyidan 100 gramma giyohvand modda topilgan. Xabar qilinishicha, do`stlarni uch yillik qamoq jazosi kutib turibdi.

Jeysi Chan Los-Anjelesda tug`ilgan va raqs hamda akterlik, shuningdek gitara chalish bo`yicha saboq olgan. 2004 yili o`zining birinchi albomini chiqardi, olti yildan keyin esa ikkinchisiini. Kichik Chan bir necha marta kinoda rol ijro etgan, “Kung fu panda” multfilmida turnaga ovoz bergan.

    Boshqa yangiliklar