AsosiyShou-biznes

Shuhrat Qayumovdan yangi yilga maxsus sovg`a

Yaqindagina muhtasham “Istiqlol” san`at saroyida to`liq jonli ijrodagi konsert dasturini taqdim etgan O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, jonli ijro ustasi Shuhrat Qayumov yana ijod bilan band. Xonanda bu yil muxlislari uchun ajoyib syurpiz tayyorlamoqda. Bu qanday yangilik ekanligi bilan qiziqayotgan muxlislar ko`p bo`lishi tabiiy. Biroq bu xonanda tomonidan hozircha sir saqlanmoqda. Bu haqda popcorn.uz xabar beradi.

Qolaversa, xonanda bu bilan chegaralanib qolgani yo`q yangi taronalar ustida ham ishlamoqda. Yangi yilning birinchi oyidayoq muxlislari uchun tuhfa sifatida xonandaning “Tabibim” nomli konsert albomi sotuvga chiqadi.

    Boshqa yangiliklar