Ba`zida inson hayotida kechayotgan voqea va hodisalar xuddi qachonlardir yuz bergandek, yuz berayotgan biror holat takrorlanayotgandek tuyuladi. Gohida bizga etti yot bo`lgan insonlarni biz qachonlardir tanigandek bo`lamiz. Garchi olimlar tomonidan bu holatga xaligacha izoh topilmagan bo`lsada, odamlar orasida ayni jarayonga nisbatan “ruhning boshqa tanaga ko`chishi” degan izoh ham mavjud.
Biz sizga hikoya qilmoqchi bo`layotgan voqea ham aynan shu xususda. Yaqinda internet sahifalarida 3 yoshli bolaning o`tgan hayotini eslay olishi, uni qay tarzda o`ldirganliklari va murdasining qaerda ekanini aytib bergani borasidagi ma`lumotni o`qib hayratlandim.
Siriya va Isroil o`rtasidagi Golan tepaliklarida istiqomat qiluvchi bu bolakay oldingi hayotida uni bolta bilan o`ldirganliklarini ma`lum qilgach, bir necha kun ichida butun dunyoga taniqli bo`lib ketdi. Bolakay boshida uzun qizil hol bilan dunyoga kelgan, shu sabab odamlar uning so`zlaridan kelib chiqib, ushbu hol uning o`tmishdagi hayoti bilan bog`liq ekaniga ishonishdi. U ulg`ayib gapira boshlashi bilan oila a`zolari, xususan ota-onasiga uni kimdir bolta bilan o`ldirgani haqida gapira boshlaydi. Bolakay kattalarni bir necha qishloq naridagi, ancha eskirgan uy tomon boshlab boradi va u qachonlardir shu uyda yashagani, oldingi hayotidagi ismi va asli qaerlik ekanini aytadi. Ushbu qishloqda istiqomat qiluvchi yoshi ulug` insonlar u ko`rsatgan uyda haqiqatdan ham bolakay aytayotgan ismdagi kishi yashagani, ammo 4 yil oldin u sirli ravishda g`oyib bo`lganini aytishganida bolaning so`zlariga bo`lgan e`tibor yana ham kuchayib ketdi. G`oyib bo`lgan shaxsning qarindoshlari, yaqinlari u boshqa davlat chegarasidagi urushlarda halok bo`lgan deb o`ylaganliklarini aytishdi. Eng ajablanarlisi shundaki, 3 yoshli bolakay o`z qotilining ismi va familiyasi, qotil bilan qachon qay tarzda tarzda uchratganini ham so`zlab beradi. Tahmin qilinayotgan qotil bilan bolakay uchrashtirilganda, qotilning nima uchundir tobi qochib, rangi oqarib ketdi, lekin u qotillikni bo`yniga olmaydi. Shundan so`ng bolakay qishloq oqsoqollarini jasad ko`milgan joyga boshlab boradi va aniq joyni ko`rsatdi. Ushbu joy ochilgach, er tagida bosh suyagi yorilgan erkak kishining jasadi, hodisa joyidan nariroqda esa qotillik qiroli sifatida er ostiga ko`mib qo`yilgan bolta ham topildi. Bosh suyakdagi bolta urilgan joy esa 3 yoshli bolakayning boshidagi hol bilan bir joyda ekani xatto olimlarni ham kalovlantirib qo`ydi. Bolakay ko`rsatgan va aytib bergan ashyoviy dalillardan so`ng qotil aybini bo`yniga oldi. May oyining boshlarida yuz bergan bu voqea xususida olimlar xali hamon izlanish olib borishayapti. Biroq xanuzgacha aniq bir izoh yo`q.
Aziz o`quvchilar, agar sizda ham shu kabi voqealar, hodisalar haqida ma`lumot bo`lsa saytda o`z fikrlaringizni, hikoyangizni qoldirishingiz mumkin. Fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz.
Umida Yakubova tayorladi





