AsosiyShou-biznes

Norvegiyadagi kutubxonadan Uolt Disneyning yo`qolgan multfilmi topildi

Norvegiya Milliy kutubxonasidan taniqli multiplikatorning 1927 yilda yaratgan “Bo`sh paypoqlar” multfilmi topildi, deya xabar beradi www.vokrugsveta.ru nashri. Ushbu kutubxona Mu-i-Ran shahrida joylashgan.

Aytish lozimki, multfilm tasmasi galdagi inventarizasiya vaqtida topilgan. U qora-oq rangli qisqa metrajli bo`lib, Uolt Disneyning Rojdestvoga bag`ishlangan birinchi filmi hisoblanadi. Uning qaxramoni Osvald  ismli quyon Mikki-Mausning prototipidir.

Mazkur mulfilmning 25 soniyadan iborat yagona parchasi Nyu-Yorkdagi zamonaviy san`at muzeyida saqlanadi. Norvegiyada topilgan nusxasi esa 5 yarim daqiqa davom etadi (30 chi soniyadan 60 soniyagaga qadar bo`lgan qismi o`chib ketgan). Agar tasmaga 87 yil bo`lgani hisobga olinsa, yomon natija emasligini qayd etish mumkin.

Ayni damda tasmaning raqamlashtirilgan nusxasi  Disney kompaniyasiga yuborildi, asl nusxasi esa kutubxonada qoldi.

    Boshqa yangiliklar