AsosiyShou-biznes

Bollivud aktyorlarining ikkinchi «kasblar»i

Bollivudda har tomonlama serqirra aktyorlar ham bor ekan. Karerasi davomida faqatgina aktyorlik qilmasdan, yana boshqa kasblar bilan ham shug`ullanadigan, ijodkorlar bor. Ular kim ekan deb qiziqayapsizmi? Marhamat quyidagi maqolani o`qing va bu haqda ma`lumotga ega bo`ling.
1. Akshay Kumar Tay shi (sog`lomlashtiruvchi jang san`ati)ga qiziqishi katta. Uni «Bollivudning birinchi raqamli o`yinchisi» deya e`tirof etishadi. Akshay shuningdek suratkashlikka ham qiziqadi. U yuqori sifatli professional kamera sotib olib, suratga tushirish bilan ham shug`ullanadi.

2. Juxi Chavla har kuni ertalab 3-4 soat qo`shiq aytish bilan shug`ullanar ekan. U mumtoz qo`shiqlar aytishni xush ko`radi. Juxi ko`pgina jamoat tadbirlarida qo`shiq aytib, maqtovlarga sazovor bo`lgan.

3. Saif Ali Xon gitara chaluvchi xonanda sifatida bir nechta konsertlarda qatnashgan. Shuningdek turli guruhlar bilan birga teatr tomoshalarini qo`ygan.

4. Salmon Xon tasviriy san`at bilan ham shug`ullanib turadi. Ko`pchilikning fikricha aktyor chizgan suratlar tahsinga loyiq. Salmon ko`p suratlarini kimoshdi savdosidan sotib, tushgan pulini o`zining jamg`armasi «Being Human»ga yo`naltirgan.

5. Vidya Balan she`r yozish bo`yicha ham iqtidorli ekanligini ko`pchilik bilmasa kerak. Vidya bu iqtidorini yaxshi kayfiyatda yoki eng yaqin do`stlari davrasida bo`lgandagina namoyon etadi.

Manba: www.Furkat.uzshablon dlya dle

    Boshqa yangiliklar