AsosiyDunyo

Olimlar inson va hashorat miyasidagi umumiylikni topishga va`da berishdi

Amerikalik neyrofiziologlar turli umurtqasizlar oilasida xotira va o`rganishga javob beruvchi tana miyasining tuzilish va funksiyasida fundamental darajadagi o`xshashlik borligini aniqlashdi.

Barcha jonivorlardagi bu qobiliyat bundan 600 million yil oldin yashaganlardan meros ekanligi ma`lum bo`ldi. Hattoki, insondagi xotira va o`rganish qobiliyati olmaxonda ham, hashoratlarda ham bir xil ekanligini ilgari surilmoqda. Current Biology jurnalida e`lon qilingan yangi tadqiqotlar natijalarining bir qismi Arizona shtatit Universiteti press-relizida keltirilgan.

Nikolas Strausfeld (Nicholas Strausfeld) va Gabriela Volflar (Gabriella Wolff) ikki guruhdagi umurtqasizlar tanasining neyroanatomik va kimyoviy tarkibini o`rganishdi. Birinchi guruhga hashoratlar va o`rgimchaksimonlar kirsa, ikkinchi guruhga sudralib yuruvchilar, ya`ni mollyuskalar, chuvalchanglar va boshqalar kiradi.

    Boshqa yangiliklar