AsosiyShou-biznes

Klint Istvudning “Amerikalik mergan” filmi treyleri premerasi bo`lib o`tdi

Ijtimoiy tarmoqlarda AQShning Iroqdagi harbiy harakatlari paytidagi voqealarga bag`ishlangan “Amerikalik mergan” filmi treylerining premerasi bo`lib o`tdi. Ta`kidlash kerakki, ushbu film real voqealar asosida suratga olingan.

Film kelgusi yildagi “Oskar” mukofotiga asosiy da`vogarlardan biri hisoblanadi.

Iroqliklar tomonidan shayton deb nom berilgan Kris Kayl raqiblarning askarlarini o`ldirish bo`yicha rekordchiga aylanadi. Film xuddi kitobdagi kabi asosiy qahramon Kaylning harbiy harakatlari, uning fuqarolik hayoti, farzandi hamda turmush o`rtog`i bilan munosabatlarini aks ettirgan.

Klint Istvud uchun bu film 36-rejisserlik ishidir. “Chaqirilmagan” va “Million dollarlik bolakay” filmlari uchun rejisser “Oskar” mukofotini qo`lga kiritgan. Uning akterlik ishi ikki marta ko`p, ya`ni 62 ta.

    Boshqa yangiliklar