O`zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga qarashli Toshkent shahar UYa-64/TH-1-sonli tergov hibsxonasida “O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining yigirma ikki yilligi munosabati bilan amnistiya to`g`risida”gi qarori ijrosi doirasida tadbir o`tkazildi, deya xabar beradi uz24.uz.
Tadbirda Senat a`zolari va deputatlar, Oliy Majlis inson huquqlari bo`yicha vakili (Ombudsman)ning mintaqaviy xodimlari, huquq-tartibot idoralari xodimlari, shahar xotin-qizlar qo`mitasi hamda bir qator davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Tadbir doirasida sud majlisi o`tkazilib, mazkur hibsxonada jazo muddatini o`tayotgan 39 nafar mahkum amnistiya aktiga ko`ra jazodan ozod etildi.
Bunday bag`rikenglikdan bahramand bo`lgan boshqa shaxslar ham jinoyat ko`chasiga boshqa qadam qo`ymaslikka hamda halol mehnat qilishga ahd qilganligini izhor etdi.
Eslatib o`tamiz, 2014 yil 14 noyabr kuni Oliy Majlis Senati “O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 22 yilligi munosabati bilan amnistiya to`g`risida” qaror qabul qildi.





