Londondagi Sotheby`s auksionida Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchill tomonidan chizilgan "Chartvelldagi oltin baliqli hovuz" kartinasi sotildi. Auksionda uning muallifligiga tegishli jami 15ta kartina namoyish qilindi, deb yozadi TASS.
Surat kimoshdi savdosida 1,8 million funt sterlingga sotildi. Bu sobiq bosh vazir rasmlari uchun rekord baho hisoblanadi. Boshlang`ich narxi 400-600 ming funt sterling edi.





