AsosiyShou-biznes

Madonna albomining internet tarmog`iga chiqib ketishini terrorizmga tenglashtirdi

Xonanda Madonna o`zining tugatilmagan albomi Iconicning internet tarmoqlariga chiqib ketganligi haqida munosabatini bildirdi. Instagram orqali e`lon qilingan uning fikriga ko`ra, u yozuvlarni o`chirib tashlagan, deya yozmoqda Daily Mail. Pop-ijrochining qayd etishicha, buzg`unchilarning bu harakati, ya`ni san`atkorlarga o`tkazgan bosimi terrorizmga teng.

“Bu qo`shiqning shunchaki, demo-versiyasi, ularning yarmi albomga kirmaydi, qolgan yarmi esa takomillashtiriladi va rivojlantiriladi. Bu ham terrorizmning bir ko`rinishi. Jin ursin. Nega odamlar ijodiy ishlab chiqarish jarayoniga xalaqit berishadi? O`g`irlashni nima keragi bor? Nega menga albomni tugatishga imkoniyat berishmaydi?”, - deb yozgan xonanda ijtimoiy tarmoqda.

Madonnaning 2015 yilda chiqarilishi kerak bo`lgan plastinkasi 17 dekabr kuni internetda paydo bo`lgan. Tarmoqqa 13 ta qo`shiq joylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar