Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan siyosiy partiyalar tomonidan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?

Partiyalar o`z elektoratlari manfaatlari uchun keyingi besh yillikda nimalarni rejalashtirmoqda?

Kim qanday xato va kamchiliklarga yo`l qo`ygan?

Qaysi ijtimoiy ahamiyatga molik muammolar partiyalar e`tiboridan chetda qolgan?

18-19 dekabr kunlari “Uzreport” telekanali hamda nodavlat telestansiyalar orqali efirga uzatiladigan “Erkin fikr” tok-shousida aynan mana shu xususida so`z boradi.

Dasturda mahalliy ommaviy axborot vositalari jurnalistlari, mahalla faollari, yoshlar va siyosiy partiyalar vakillari o`rtasida debat tashkil qilingan bo`lib, unda mamlakatimizda aholini ish bilan ta`minlash, sog`liqni saqlash va ta`lim tizimini rivojlantirish kabi mavzularda bahs olib borildi.







