AsosiyShou-biznes

"Kuyovmisan, kuyov" filmi premerasi taqdim etildi

Oilaviy komediya janridagi "Kuyovmisan, kuyov" filmi premerasi bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda Popcorn.uz.

Ancha vaqtdan buyon muxlislarning qiziqishiga sabab bo`layotgan bu kartinaning premerasini Lutfulla Sa`dullaev yosh ijodkor qiz bilan birga olib bordi.

Kartina Gulruh Yormatova hamda G`aybulla Umarov ssenariysi asosida tasvirga olingan. Kinoning postanovkachi rejissyori Tal`at Mansurovdir.

Kartinada bosh rollarni Sherzod Bin, Sitora Olimjonova talqin etgan bo`lsa, shuningdek, kinoda mahoratli va professional darajadagi aktyorlarimizdan Matyoqub Matchonov, Muyassar Berdiqulova, Tohir Saidovni ham ko`rishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar