AsosiyShou-biznes

Estradamizning yorqin ijodkori Rayhon muxlislari uchun bir nechta tuhfalar ulashish istagida

Estradamizning eng yorqin va maftunkor xonandalaridan biri Rayhonning muxlislari konsert dasturlarini sog`inishgani aniq. Kutilmagan syurprizlarga boy katta shou-dasturlari bilan har yili fevral oyida muxlislarini hushnud etishga odatlangan Rayhon bu yil onalik baxtiga musharraf bo`lgani sabab konsert namoyish etmagandi, deb yozmoqda popcorn.uz.

Ammo kelasi yil albatta yangi dasturini taqdim etishini va`da qilgan va uning asl muxlislari  o`sha kunni intiqlik bilan kutishmoqda.

Buni his qilgan Rayhon 2015 yili 23, 24, 25, 26 fevral kunlari bo`lib o`tishi rejalashtirilgan dastur uchun tayyorgarliklarni boshlaganiga ancha bo`ldi.

Aytgancha, Rayhon ijodida yaqin kunlarda yana bir katta yangilik, yangi duet kutilmoqda. Aynan qaysi san`atkor bilan duet ijro etganini sir saqlayotgan Rayhon bu yangi ijod mahsuli barchaga manzur bo`lishiga ishonchi komil.

Ayni kunlarda radioto`lqinlar orqali yangrayotgan “Izlama” taronasi uchun tasvirga olingan videoklipning montaj jarayonlari ketmoqda. Doim professional tarzda yaratilgan kliplari bilan tomoshabinlarga zavq ulashadigan xonanda bu safar ham muxlislarini lol qoldirsa ajabmas.

    Boshqa yangiliklar