“O`zbekkino” Milliy agentligi qoshidagi badiiy kengash O`zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligi oldidan uning hayoti va ijodiga bag`ishlangan “Bezavol dunyo” hujjatli filmini tasvirga olish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda uz24.uz nashri xabar beradi.
Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar ssenariylarini tayyorlash bo`limi bosh muharriri Komiljon Shamsiddinovning agentlikka ma`lum qilishicha, yaqin kunlarda Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida ushbu hujjatli filmni ishlab chiqarishga kirishiladi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Prezidentining “O`zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini nishonlash to`g`risida”gi qarorida “shoiraning hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratish” vazifasi ham belgilangan.





