AsosiyShou-biznes

Eng ko`p efirga uzatilgan teleserial

1984 yilning 30 iyul kuni ko`pchilikka tanish va 9 yil davomida efirga uzatilgan “Santa-Barbara” serialining birinchi qismi ekranga chiqqan. Biz odatda ushbu serialni eng uzoq vaqt efirga uzatilgan serial sifatida ta`kidlab kelamiz, ammo aslida undan ham uzunroq seriallar bor ekan.

1.“Yashash uchun bir hayot”

Ushbu opera 1968 yili 15 iyul kuni boshlangan. Ishonish qiyin, biroq bu serial oradan naq 43 yil o`tgandan so`ng yakunlangan. Oxirgi qismi 2012 yilning yanvar oyida efirga uzatilgan. Shu vaqt ichida uning 11 mingdan ortiq qismi ekran yuzini ko`rgan. 2013 yilning 7 yanvarida Prospect Park studiyasi serialning yangi qismlari suratga olinayotganligini ma`lum qilgan bo`lib, ayni paytda u OWN: The Oprah Winfrey Network efir kabel kanali orqali namoyish etilmoqda.

2. “O`zga olam”

NBC kompaniyasi tomonidan tayyorlangan bo`lib, 35 yil, ya`ni 1964 yildan 199 yilgacha davom etgan. Filmning asosiy g`oyasi haqiqiy dunyoni orzulardagi olamdan ajratishdir.

3. “Qo`shnilar”

Ushbu serial ilk marta 1985 yili Seven Network kanali orqali ko`rsatilgan va hozirgacha uzatilmoqda. Ayni paytda qismlar soni 6000dan oshi ketdi.

4. “Santa-Barbara” seriali 1984 yildan 1993 yilgacha efirga uzatilgan.

5. “Olam qanday aylanadi”

1956 yili CBS kanali orqali efirga uzatila boshlangan serial mashhurligi 2 yildan keyingina orta boshladi. 1975 yilgacha teletomoshabinlar diqqat markazida bo`lgan.

6. “Yo`l ko`rsatuvchi yorug`lik”

Bu serial eng uzun serial sifatida “Ginnesning rekordlar kitobi”ga kiritilgan. 1937 yildan boshlab, NBC radiokanali orqali efirga uzatilgan bo`lsa, 1952 yilda ekranga olib chiqildi. O`sha paytda bitta qism davomiyiligi 15 daqiqa edi. 1968 yildan 30 daqiqagacha, 1977 yildan esa bir soatga uzaytirildi. Serial 375 marta turli mukofotlarda nominant bo`lgan va 98 ta mukofot olgan. Oxirgi qism 2009 yilning sentyabrida efirga uzatildi va u 18262 qism bo`ldi.  

 

    Boshqa yangiliklar