Janubiy Afrikalik 22 yoshli Rolen Shtraus Londonda bo`lib o`tgan “Dunyo go`zali-2014” ko`rik-tanlovi g`olibasi.
Joriy yilning 14 dekabr kuni Londonda o`tkazilgan “Dunyo go`zali” tanlovi finalida Rolen Edina Klshar va Elizabet Safritlarni ortda qoldirdi.
Shtraus tibbiyot fakultetining to`rtinchi kursida tahsil olmoqda va shifokor bo`lishni orzu qiladi. Bo`sh vaqtlarida golf o`ynashni va kitob o`qishni yaxshi ko`radi.
“Hozir o`zimni qanchalar baxtli his qilayotganimni yozib izohlab bo`lmaydi. Bu juda katta yutuq va albatta, mas`uliyat. O`ylaymanki, men bilan faxrlanishadi. Qo`llab-quvvatlash uchun rahmat. Janubiy Afrika, men seni sevaman!”, - deb yozdi g`oliba final kuni o`zining Instagramdagi sahifasida.











