Farruh Komilov:
— Kirib kelayotgan 2015 yil qut-barakali yil bo`lsin. Barcha yurtdoshlarimizni bu bayram munosabati bilan chin yurakdan tabriklayman. “Darakchi” gazetasi jamoasini ham bayram bilan tabriklayman. Kelajakda bu gazeta dunyodagi eng zo`r gazeta bo`lsin. Hammaga oilaviy baxt tilayman.
Abduvali Rajabov:
— Barcha yurtdoshlarimiz o`ylagan orzu umidlariga erishib yursin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz sog`-omon bo`lsin.
G`ulomjon Yoqubov, O`zbekiston xalq artisti:
— Har kim o`zining o`tgan yilini o`ylab, o`lchamga olib, sarhisob qiladi. Men xudodan, har bir vatandoshimizning uyida to`y tomoshalar bo`lishini, chaqaloqlar tug`ilishini so`rayman. Hammaning uyida qo`shiq yangrashi tilakdoshiman.
Ulug`bek Rahmatullaev, “Nihol” mukofoti sohibi:
— 2015 yil barcha yurtdoshlarimiz hayotida avvalgi yillarga o`xshab o`chmas xotiralar muhrlasin. Qariyalarni e`zozlab, ularning tabarruk duolarini olib yurish barchamizga nasib qilsin.
Tohir Usmonov:
— Barcha yurtdoshlarimiz sog`-omon bo`lishsin. Biz ularning to`y tantanalarida mehnat qilib yanada yorqinroq ijod namunalari bilan xizmatda bo`lib charchamaylik.
Ravshan Komilov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist:
— Singillarimiz baxtli bo`lishsin, ukalarimizga yaxshi joylardan ato qilsin. Doimo biz san`atkorlarga ishi tushadigan darajada har kimning oilasida baxtli, quvonchli kunlar bo`lsin.
Shoira Otabekova:
— Muxlislarimiz omon bo`lishsin barcha o`ylagan ezgu tilaklari ushalsin, baxtimizga hech qachon ko`z tegmasin.
Yulduz Abdullaeva:
— Yangi yil har bir xonadonga baxt, quvonch olib kelayotgan bo`lsin. 2015 yil — Keksalarni e`zozlash yili, deb e`lon qilindi. Keksalarimizning duolari ostida yurtimiz tinch, osuda hayotimiz farovon bo`lsin.
“Afruz” guruhi:
— Barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Hech qachon yuzingizdan kulgu arimasin. “Afruz” guruhi faqat va faqat sizlar uchun kuylaydi.
Lola:
— Barcha muxlislarimiz sevimli va suyukli bo`lib yurishsin. Baxt, quvonch, omad doimiy hamrohlari bo`lib, hech qachon yuzlaridan kulgu tabassum arimasin.
Samandar Hamroqulov:
— Kirib kelayotgan Qo`y yili barakali yil bo`lsin. Shu munosabat bilan barcha yurtdoshlarimizni ushbu bayram bilan tabriklayman. 2014 yilda ushalmagan orzulari 2015 yilda ushalsin. Eng muhimi sog`lik tilayman. Sog`lik bo`lsa qolgan barcha orzularga erishish mumkin.
Davron Ergashev:
— Barchamizning oilamizdan baraka arimasin. Yurtimiz va xalqimizga musaffo osmonimizga ko`z tegmasin. Biz san`atkorlarga har doim ularning xizmatida bo`lish nasib qilsin.
Guli Asalxo`jaeva:
— Yurtimiz har doim tinch bo`lsin, tinchlik bo`lsagina ko`ngilga bayram sig`adi. Muxlislarimizning ishlariga rivoj tilayman. Baxtimizga hamisha sog` bo`lishsin.
Shohruxxon:
— Hammaga Yangi yil omad baxt quvonch olib kelsin. Yuz-ko`zlaridan kulgu tabassum arimasin. Barcha ezgu tilaklarim muxlislarimga hamroh bo`lsin.
Umidaxon:
— Muxlislarimiz baxtimizga hamisha sog`-salomat bo`lishsin. 2015 yil baxtlar butunligi va davomiyligini ta`minlasin. Yurtimizni tinchlik, yurtdoshlarimizni sog`lik hech qachon tark etmasin.





