AsosiyJamiyat

Toshkentda piyodalar uchun eskalatorli eksperimental ko`prik barpo etiladi

Toshkent shahar hokimligida poytaxtimizda amalga oshirilayotgan arxitektura va shaharsozlik ishlari, yangi inshootlar barpo etish loyihalariga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi, deya xabar bermoqda uz24.uz.

Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi tomonidan Toshkentning eski shahar qismini obodonlashtirish bo`yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Obodonlashtirish ishlari doirasida Nurafshon ko`chasi bunyod etildi. Yaqin vaqt ichida bu erda 3 va 5 qavatli zamonaviy uylar, favvoralar quriladi va atrof ko`kalamzorlashtiriladi. Bundan tashqari, ushbu ko`chada ilk marotaba piyodalar uchun eskalatorli eksperimental ko`prik barpo etiladi. Ko`prikning qachon qurilishi haqida ma`lum qilinmagan.

Shuningdek, xabar berishlaricha, Aviasozlar, Qo`yliq, Sergeli, Yunusobod, TTZ bozorlari tubdan rekonstruksiya qilinib, ularning atrofida avtomobillar tirbandligini kamaytirish choralari ko`riladi.

    Boshqa yangiliklar