O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo`mitasining qarori bilan alkogolli ichimliklarning yangi ulgurji-sotuv va chakana narxlari belgilandi.
Mazkur hujjatga binoan 2015 yil 1 yanvardan boshlab vinoning minimal ulgurji-sotuv narxi 1 litr uchun 3300 so`mdan 3800 so`mga oshdi, minimal chakana narxi esa 4000 dan 4600 so`mga ko`tarildi.
1 litr konyak ichimligining minimal ulgurji narxi 9400 dan 11100 so`mga qimmatladi, minimal chakana narxi esa 11400 dan 13400 so`mga ko`tarildi.
1 litr aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarning narxi 2015 yil 1 yanvardan 7800 dan 9000 so`mgacha ko`tariladi, minimal chakana narxi esa 10900 so`mni tashkil etadi.
Pivo ichimligining narxi o`zgarmagan, deya xabar beradi uzreport.
16.12.2014 14:38





