AsosiyJamiyat

Mast holda uxlab qolgan jizzaxlik erkak tutundan dimiqib halok bo`ldi

Jizzax shahridagi xonadonlardan birida yong`in sodir bo`ldi. O`zbekiston IIV matbuot xizmati xabariga ko`ra, yong`in o`tgan hafta (9-15 dekabr kunlari oralig`ida) sodir bo`lgan, biroq aniq sanasi ko`rsatilmagan, deb yozmoqda kun.uz.

Xabar berishlaricha, Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro o`z uyida mast holda sigareta chekib uxlab qolishi natijasida 1 kvadrat metr maydonda divan yonib, zararlangan.

“Shuningdek, yong`in natijasida uy egasining tutundan dimiqqan holdagi jasadi topilgan”, – deyiladi IIV xabarida.

    Boshqa yangiliklar