AsosiyJamiyat

Buvaydalik erkak uyidagi sandalda qo`lbola elektr jihozdan foydalangani onasining o`limiga sabab bo`ldi

Farg`ona viloyati Buvayda tumanidagi xonadonlardan birida elektr vositalarda foydalanish xavfsizligiga rioya etilmagani sabab yong`in kelib chiqdi, deya xabar bermoqda kun.uz.

O`zbekiston IIV matbuot xizmati xabariga ko`ra, yong`in o`tgan hafta (9-15 dekabr kunlari oralig`ida) sodir bo`lgan, biroq aniq sana keltirilmagan.

Xabar berishlaricha, Buvayda tumanidagi sandalda qo`lbola maishiy elektr jihozdan foydalanish oqibatida yong`in sodir bo`lgan.

Buning oqibatida uyning 8 kvadrat metr maydonidagi shift va pol qismlari yong`indan zarar ko`rgan.

“Yong`in natijasida uy egasining onasi kuyish tan jarohati olgan holda shifoxonaga olib kelinib, birinchi tibbiy yordam ko`rsatilishiga qaramay, shifoxonada vafot etdi”, – deyiladi rasmiy axborotda.

    Boshqa yangiliklar