AsosiyJamiyat

Toshkentda ikki qavatli avtobuslar harakatlanayotgani qayd etildi

Twitter’da Toshkentda harakatlanayotgan qizil rangli, ikki qavatli (dabldeker) ikki avtobusning suratlari paydo bo`ldi, deb xabar beradi «Kun».

Avtobuslar qaysi kompaniyaga tegishli ekani, shahar ko`chalarida nima maqsadda yurgani hozircha noma`lum. Suratdagi transport vositalari sayyohlardan ko`ra shahar jamoat transporti yo`lovchilariga xizmat qiluvchi avtobuslarni yodga soladi.

Qayd etish joiz, O`zbekiston hukumati tomonidan 2011 yil kuzida qabul qilingan Toshkent shahrining turistik salohiyatini oshirish dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida ikki qavatli va usti ochiq avtobuslar — ekskursion dabldekerlar yo`lga qo`yilishi ko`zda tutilgan edi.

foto gazeta.uz

 

    Boshqa yangiliklar