Toshkentdagi «Chorsu» mehmonxonasi o`rnida zamonaviy ko`ngilochar majmua va zamonaviy biznes markazi paydo bo`ladi. Bu haqda Toshkent arxitektura va qurilishi bosh boshqarmasi rahbari Asomiddin Tojievga asoslanib «Porobno.uz» xabar berdi.
Uning so`zlariga ko`ra, binoning fasadini rekonstruksiya qilish ishlari boshlab yuborilgan. Loyihaga binoan, binoning dastlabki uch qavatida restoran, sportzallar va bouling markazi joylashadi. Shuningdek, basseynli fitnes zali ham faoliyat ko`rsatadi. Qolgan qavatlar ofislar uchun ajratiladi. Bino yangi eskalator va liftlar bilan ta`minlanadi.
Qurilish ishlari 1,5 yil davom etishi ko`zda tutilgan. Bu binoning shakli bilan bog`liq bo`lib, unda to`rtburchak xonalar deyarli mavjud emas. Shu sababli zallarni uskunalar, jihozlar va mebellar bilan ta`minlash ma`lum qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Navro`z bayramigacha bino fasadi rekonstruksiyasi tugatilishi rejalashtirilgan, natijada sobiq mehmonxona butunlay yangicha ko`rinish oladi.





