1. Britaniyalik Dafna Self eng yoshi ulug` fotomodel sifatida tan olindi. Self 1928 yili tug`ilgan bo`lib, 20 yoshida maneken sifatida faoliyatini boshlagan, reklama roliklari hamda epizod rollarni ijro qilgan. Ammo hali dunyo tan olishiga ancha bor edi. Shon-shuhrat unga 90-yillarda keldi. Avvaliga Models 1 agentligi yaxshigina shartnoma taklif qildi, keyinchalik esa Vogue, Harper Bazaar, Vanity Fair va Marie Claire kabi jurnallar muqovalarida paydo bo`ldi.

2. O`tgan yili 80 yoshli Daylis Margaret Prays Nottingemdagi Langar aerodromida parashyutdan sakragan edi. Bungacha uning yoshidagi hech kim bunday xavfli ishga qo`l urmagandi. Prays ayni paytda 81 yoshda, u yana qandaydir rekord o`rnatish ustida bosh qotirmoqda.

3. AQShlik Gerbert va Zelmira Fisher 1924 yilda turmush qurishgan va 86 yil birga yashashdi. Ular birgalikda Ikkinchi jahon urushini, Koreya urushini ko`rishdi. Ularning ta`kidlashicha, bunday uzoq vaqt baxtli yashashning siri bir-biriga ishonchdir. Balki nikoh yanayam cho`zilgan bo`lardi, biroq 2011 yili 105 yoshida Gerbert Fisher vafot etdi. Zelmira esa 2013 yil 103 yoshida hayot bilan vidolashdi.

4. 2009 yili Nadya Suleman birvaraykayiga 8 nafar farzand ko`rdi. Shifokorlarni hayron qoldirgan narsa ularning 9 hafta oldin dunyoga kelgani va yashab ketishgani bo`ldi.

5. 2004 yili AQShning Loyola universiteti tibbiyot markazida 25 haftalik eng engil bola dunyoga keldi, uning og`irligi bor-yo`g`i 260 gramm edi. Kichkintoy Rumaisa Rahmon bir o`zi emasdi, u bilan birga egizak Xiba ham tug`ildi. Uning og`irligi ham 580 grammni tashkil qilardi. Uch oygacha ular kasalxonada bo`lishdi va Rumaisa 1.8 kg, singlisi esa 2.25 kgga etdi. Hozirda qizlar 10 yoshda va maktabga qatnashmoqda.

6. 1936 yili yolg`iz ona Enn va Elizabet Xantlarni dunyoga keltirdi. Ikki bolaning qornini to`ydirishga kuchi etmagan ona ularni ajratishga majbur bo`ladi. Elizabet onasida qoladi, Enni esa farzandsiz oilaga beradi. Opa-singillar 78 yildan keyin 2014 yili 1 may kuni uchrashishadi.

7. Farzand dunyoga keltirish bo`yicha mutlaq rekordni Fedor Vasilevning xotini o`rnatgan. 1725-1765 yillarda u 69 nafar farzand ko`rgan. 16 egizak, 7 uch va 4 ta to`rt nafar farzand ko`rgan. U 27 marta homilador bo`lgan.

8. Turkiyalik Sulton Kesen 2009 yili dunyodagi eng bo`yi baland inson deb tan olingan edi. Uning bo`yi 251 sanimetr. Kesenning gapiga ko`ra, bo`yining uzunligi unga ko`p qulayliklar yaratadi. Uzoq vaqt davomida bu odam o`ziga mos yor top olmaydi, o`tgan yiligina u uylanadi. Uning xotini o`zidan 10 yosh kichkina va bo`yi esa 80 santimetr past xolos.

9. 2013 yili dunyodagi eng baland basketbolchi Sun Minmin gandbolchi Syu Yanga uylandi. Minminning bo`yi 236.17 santimetr bo`lsa, turmush o`rtog`ining bo`yi 187,3 sm.

10. Rossiyalik Svetlana Pankratova “Ginnesning rekordlar kitobi”ga uzun oyoqlari sabab kirdi. Ularning uzunligi 132 sm.






