AsosiySport

Milliy terma jamoa Dubaydagi ikkinchi yig`inga 26 nafar futbolchi bilan boradi

Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi 17-29 dekabr kunlari BAAning Dubay shahrida bo`lib o`tadigan yig`inda jami 26 nafar futbolchi bilan ishtirok etadi.

Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Dubay shahrida tashkil etilgan ilk yig`in bilan taqqoslaganda, 4ta o`zgartirishni amalga oshirgan. Dastlabki yig`inda ishtirok etgan 4 nafar futbolchi - Kamoliddin Murzoev, Aziz Ibragimov, Shavkat Salomov va Aleksandr Merzlyakovlar terma jamoaning navbatdagi yig`inida ishtirok etishmaydi. Ular o`rniga, xorijda to`p surayotgan legionerlar - Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov, Sanjar Tursunov va Bahodir Nasimovlar terma yig`iniga qo`shiladilar.

Eslatib o`tamiz, 29 dekabr kunigacha davom etadigan navbatdagi yig`in davomida O`zbekiston terma jamoasi Iordaniya (21 dekabr) va Iroq (25 va 28 dekabr) terma jamoalariga qarshi o`rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.

17-29 dekabr kunlari BAAdagi yig`inda ishtirok etadigan futbolchilar ro`yxati:

Darvozabonlar
1. Ignatiy Nesterov («Lokomotiv»)
2. Eldor Suyunov («Nasaf»)
3. Akbar To`raev («Bunyodkor»)

Himoyachilar
4. Islom To`xtaxo`jaev («Lokomotiv»)
5. Egor Krimes («Paxtakor»)
6. Bobur Yo`ldoshev («Lokomotiv»)
7. Shavkat Mullajonov («Lokomotiv»)
8. Akmal Shorahmedov («Bunyodkor»)
9. Vitaliy Denisov ("Lokomotiv" Moskva, Rossiya)
10. Anzur Ismoilov («Changchun Yatay», Xitoy)

Yarim himoyachilar
11. Temur Kapadze («Aktobe», Qozog`iston)
12. Javlon Ibrohimov («Bunyodkor»)
13. Jamshid Iskanderov («Paxtakor»)
14. Farrux Sayfiev («Nasaf»)
15. Lutfulla To`raev («Lokomotiv»)
16. Shuhrat Muhammadiev («Nasaf»)
17. Odil Ahmedov ("Krasnodar", Rossiya)
18. Jasur Hasanov («Lokomotiv»)
19. Sanjar Tursunov ("Vorskla", Ukraina)
20. Server Jeparov («Seongnam», J.Koreya)
21. Aziz Haydarov ("Ash Shabob", BAA)
22. Sardor Rashidov («Bunyodkor»)

Hujumchilar
23. Igor Sergeev («Paxtakor»)
24. Navro`z Olimov («Qizilqum»)
25. Vohid Shodiev («Bunyodkor»)
26. Bahodir Nasimov ("Padideh" Eron).

Manba: www.the-uff.com   

    Boshqa yangiliklar