AsosiyJamiyat

Poytaxtda yangi yil archasini o`rnatish boshlandi

“Mustaqillik” maydonida har yili yangi yil bayrami munosabati bilan o`rnatiladigan archa qurilishi boshlandi, deya xabar bermoqda uz24.uz.

Ayni paytda maydonda sahna hamda archaning asosi qurib bitkazilgan. Shuningdek, bayram tadbirlarni bo`lib o`tadigan sahna ham bezatilmoqda.

Yangi yil ramzlaridan biri bo`lgan archaning uzunligi 22 metr. O`tgan yilgi ma`lumotga ko`ra, bayram archasini ko`rish uchun kuniga 60-70 ming kishi kelgan.

Archaning tantanali ochilish marosimi sanasi aniq emas.

    Boshqa yangiliklar