AsosiyJamiyat

Prezident Islom Karimov 15 dekabr kuni Oqsaroyda AQShning Favqulodda va muxtor elchisi Jorj Krolni qabul qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 15 dekabr kuni Oqsaroyda Amerika Qo`shma Shtatlarining Favqulodda va muxtor elchisi Jorj Krolni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi tugayotgani munosabati bilan qabul qildi, deya xabar bermoqda uza.uz.
Davlatimiz rahbari O`zbekiston – AQSh munosabatlari o`zaro manfaatli barcha sohalarda izchil rivojlanayotganini ta`kidladi. Prezidentimiz elchi Jorj Krolning mamlakatlarimiz hamkorligini mustahkamlashga qo`shgan hissasini yuqori baholadi.
Amerikalik diplomat samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, O`zbekistondagi faoliyati davomida muhim siyosiy voqealar, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalardagi samarali o`zgarishlar guvohi bo`lganini ta`kidladi. Bular O`zbekistonni xalqaro miqyosdagi ishonchli va istiqbolli sheriklar qatoriga olib chiqmoqda.
Suhbat chog`ida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

    Boshqa yangiliklar