Bond haqtidagi yangi film prodyuserlari film ssenariysi xakerlar tomonidan o`g`rilanganini ommaviy axborot vositalariga xabar berishdi. Ma`lumotlarga ko`ra, ssenariy bilan birga Sony Pictures kompaniyasining elektron yozishmalari ham o`g`irlangan.
Prodyuserlar suratga olinishi mo`ljallanayotgan film ssenariysi noma`lum shaxslar tomonidan ommaviy axborot vositalari tomonidan chop etilishi mumkinligidan qo`rqishmoqda. Shu fikrda ular Bond filmining barcha qismlariga oid ssenariylari mualliflik huquqi asosida himoya qilinishiga erishishmoqchi. Metro-Goldwyn-Mayer kinokompaniyasi ommaga ana shunday ogohlantirish bilan murojaat qildi.
Eslatib o`tamiz, ushbu filmni suratga olish ishlari yaqin orada boshlanishi, uning premerasi esa 2015 yilning oktyabr oyida bo`lib o`tishi rejalashtirilayotgan edi.





