“Beshinchi element” va “Zulm maskani” filmlarining bosh rol ijrochisi Milla Yovovich o`zining pasport ma`lumotlariga o`zgartish kiritish bo`yicha sudga murojaat qildi. Xorijiy OAVning ma`lumotiga ko`ra, 38 yoshli aktrisa va modelning familiyasidan ko`ngli to`lmasligi to`g`risidagi birinchi noroziligi emas, deya xabar bermoqda dni.ru.
Millaning bu murojaati ikkinchisidir. Avvalroq, u to`ydan keyin Yovovich familiyasining yoniga eri Pol Andersonning familiyasini ham qo`shib, Anderson-Yovovichga aylangan edi. TMZ.com saytining ma`lumot berishicha, ayni paytda aktrisani ismi qoniqtirmayapti. Aktrisa suddan familiyasini o`zgartirishlarini va uni Yovovich-Anderson qilib berishlarini so`ramoqda.





