AsosiyJamiyat

Mobil operatorlari har bir abonent uchun 750 so`m to`laydi

2015 yilning 1 yanvaridan uyali aloqa kompaniyalari uchun abonent raqamlari uchun to`lov miqdori oshiriladi, deya xabar bermoqda uz24.uz.

Tegishli hujjatga ko`ra, mobil operatorlari yangi yildan boshlab, har bir abonent uchun bir oyda 750 so`m to`laydi.

Ushbu mablag`ning 90 foizi O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga yo`naltirilsa, 10 foizi O`zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari Davlat qo`mitasi hisob-raqamiga sarmoya dasturlarini moliyalashtirish uchun kelib tushadi.

Yuridik shaxslar tomonidan foydalaniladigan abonent raqamlari uchun to`lov 2012 yil kiritilgan edi. Uch yil davomida UCell, “Bilayn” va MTS-O`zbekistan mobil operatorlari xizmat tariflari narxlarini ko`tarishdi.

 

    Boshqa yangiliklar