2015 yil 1 yanvardan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy o`quv yurtlarini ozod qilish to`g`risida” qaroriga kuchga kiradi, deya xabar bermoqda uz24.uz.
“O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2015 yil uchun parametrlari va asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar prognozi to`g`risida”gi hujjatga ko`ra, ba`zi oliy o`quv yurtlari uch yilga, ya`ni 2018 yilning 1 yanvariga qadar soliqlar hamda to`lov-shartnoma asosida kadrlarni tayyorlash uchun davlat jamg`armasiga kelib tushuvchi to`lovlardan ozod qilinadi.
Ozod qilingan mablag` OO`Yuning moddiy-texnik yuazasini mustahkamlash va o`quv jarayonlarini zamonaviy o`qitish vositalari bilan ta`minlashga yo`naltiriladi. Shuningdek, mablag`dan OO`Yu xodimlarini moddiy rag`batlantirishda foydalaniladi.





