Nyu-yorkning Kvins hududida yashovchi 17 yoshli Muhammad Islom (Mohammed Islam) birjadan 72 million dollarga teng mablag`ni o`zlashtirib oldi. U bunday natijaga tushlik paytida masofadan turib aksiyalar savdosi orqali erishdi, deya yozmoqda “Nyu-York post”.
Muhammad va uning ikki do`sti kelgusi yilning iyun oyida o`zlarining xedj-fondlarini tashkil etishni rejalashtirishmoqda. Shaxsiy kompaniyani ochish vaqtining uzoq bo`lishi ularga brokerlik lisenziyasini berish yoshiga etishlari bilan bog`liq. Uch o`rtoq o`z oldilariga birja savdosida ishtirok etib, yilning oxirigacha millard dollar ishlashni maqsad qilishgan.
Hozircha uch do`st olma soki va bir porsiya ikrani 400 dollarga buyurtma qilish mumkin bo`lgan “Morimoto” kafesida tushlik qilishni yaxshi ko`rishadi. Muhammad hali pulini qaerga ishlashtish bo`yicha bir qarorga kelgani yo`q. U o`ziga BMW mashinasini sotib oldi, ammo mashinani boshqarish uchun uning haydovchilik guvohnomasi yo`q. O`quvchi Manxettendan qimmat joyni ijaraga olgan, biroq ota-onasi bunga qarshi.





