AsosiyDunyo

Qatl qilingan xitoylik fuqaro 18 yildan so`ng aybsiz deb topildi

Xitoy sudi 1996 yili qatl qilingan 18 yildan keyin yigitni qayta suddan so`ng aybsiz deb topildi. Sud yigitning ota-onasidan u adolatsiz aybdor deb topilganligi uchun kechirim so`radi, deb yozmoqda South China Morning Post.

Qatl qilingan Xuugji (Huugjilt) ismli yigit bir ayolni zo`rlash va o`ldirilganlikda ayblangan edi. Mongoliya oliy sudi oradan 18 yil o`tib, bu yosh yigitni aybsiz deb topdi.

Yangi hukm halok bo`lgan yigitning do`sti Yan Fenga (Yan Feng) asoslangan. U o`sha kuni Xuugji bilan birga bo`lgan va umumiy hojatxonadan ayol kishining ovozini eshitishgan. Yan Fen indamay o`tib ketishni maqsad qilgan, ammo do`sti ayolga yordam berishga uringan. Bundan tashqari uning o`zi polisiyaga xabar berish maqsadida borgan, aslida Yan Fen uni bu yo`ldan qaytargan.

    Boshqa yangiliklar