Milliy estrada yo`nalishida ijod qilsa-da, mumtoz taronalarni ham maromiga etkazib ijro etuvchi sohir ovoz sohibi O`lmas Olloberganov deyarli bir yil davomida ijodiy tanaffusda bo`ldi. Albatta, bu tanaffusning o`ziga yarasha sabablari bor, biroq ayni damda ijodini davom ettirayotgan xonanda o`tgan vaqtni o`rnini to`ldirish maqsadida tinim bilmay ijod qilmoqda, deya yozmoqda popcorn.uz.
Ayni kunda bir nechta yangi qo`shiqlar ustida ishlayotgan O`lmas Olloberganov ularni ketma-ket premera etib, muxlislariga taqdim etish niyatida. Xonandaning ijodini sog`inganlar uchun bu kutilmagan tuhfa bo`lsa ajab emas.
Kuni kecha tayyor bo`lgan qo`shiq mo``tabar onalar uchun yaratilgani va aynan shu yangi ijod namunasi tez kunda omma e`tiboriga xavola etilishini ma`lum qilgan xonanda muxlislari e`tiborini sog`inganini yashirmadi. Qo`shiq haqida qisqacha ma`lumot berib o`tadigan bo`lsak, Nodir Azimov so`zi hamda Iqbol Muhammadjonov musiqasi bilan yaratilgan tarona ''Onam'' deb nomlanadi. Jasur Badalboev esa qo`shiqqa ajoyib sayqal bergan.
Mazkur tarona uchun videoklip yaratish niyatida bo`lgan O`lmas Olloberganov klipmeykerlar bilan maslahatlashmoqda.





