Samarqand viloyatida amnistiya akti 1991 ta mahbusga nisbatan qo`llanadi. Ulardan 916 ta shaxs jinoiy javobgarlik va jazodan ozod etiladi, 1075 ta shaxsning jazo muddatlari qisqartiriladi.
Samarqandlik jurnalist Toshpo`lat Rahmatullaevning axborot berishicha, bu ma`lumotlar Samarqandda o`tkazilgan matbuot anjumanida aytib o`tilgan.
Ma`lumot uchun, 2014 yilning 14 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 22 yilligini nishonlash munosabati bilan amnistiya haqidagi qaror qabul qilingan edi.
Manba: 12news





