Ikki kundan beri davom etayotgan yangi yil dasturi tasvirga olish jarayonlari “Mening yurtim” telekanali ijodkorlarini yanada ilhomlantirmoqda. darakchi.uz sayti muxbirlari garchi kecha fotoreportaj jarayonida yangi yil dasturining asosiy maqsadi haqida ma`lumot ololmagan bo`lsa-da, bugun bunga erishdi.
Dastur rejisseri B.To`raxonov hamda S.Sagadeevalarning so`zlariga ko`ra, yangi yil dasturini suratga olishda har bir chiqish ikki nafar san`atkordan iborat bo`ladi va ular san`atsevar xalqimiz ko`nglidan joy egallagan retro qo`shiqlarni ijro etishadi. Telekanal ijodiy guruhining bundan ko`zlagan asosiy maqsadi – san`atimiz darg`alari hamda yosh ijodkorlarni birlashtirish, ular orqali sevimli qo`shiqlarni yana bir marta yodga olishdir.
“Mening yurtim” telekanali orqali bayram kunlari efirga uzatiladigan bayram dasturlari haqida eng so`nggi yangiliklar “Darakchi” gazetasi hamda darakchi.uz saytida.
Kuzatib boring!
1. Shahzoda va DI Piligrimning birgalikda sahnaga chiqishi yoshlar uchun ayni muddao bo`ldi. Ular maza qilib raqsga tushishdi.


2. O`zbekiston xalq artisti Zulayhon Boyxonova va "Eldido" guruhi yigitlari bayram ishtirokchilarini hayron qoldirishdi.


3. Munisa Rizaeva hamda O`zbekiston xalq artisti Mahmud Namozovlar ajoyib juftlik ekanliklari namoyon bo`ldi.

4. "Ishonma": Dildora Niyozova hamda Alisher Ro`zmetovlar kimga ishonmasliklarini ma`lum qilishdi.

5. Ilhom Farmonov va Jahongir Poziljonovlar sahnaga chiqish oldidan.

6. Oilaviy jutflik - Sharof Muqimov hamda Sevinch Mo`minovalar sahnada yana bir marta bir-birlariga sevgi izhor qilishdi.

7. Umida Mirhamidova va Ziyoda.

Hali bu hammasi emas, aynan bizning saytda san`atimiz yulduzlarining tabriklari bilan doimiy ravishda tanishish imkoniyatiga ega bo`lasiz.





