Bugun Britaniya poytaxtida jahonning 122 mamlakatidan qizlar ishtirok etadigan go`zallik tanlovi “Dunyo go`zali-2014”ning final bosqichi bo`lib o`tadi.
Ajoyib shou mahalliy vaqt bilan 14:30da boshlanadi va internet orqali butun dunyoga namoyish etiladi. Qimmatbaho toj uchun kurash go`zallar o`rtasida ular Londonga etib kelishi bilan, ya`ni bir necha hafta oldin boshlangan edi. Qoidaga ko`ra, tanlovda ishtirok etish imkoniyatini qo`lga kiritish uchun ko`rikning turli bosqichlarida kerakli ballarni to`plashlari zarur. Hakamlar hay`ati qarshisida o`z iste`dodlari va milliy kiyimlarini namoyish etgan qizlar sport musobaqalarida ishtirok etib, sahnaga bayram va cho`milish kiyimlarida chiqish qilishdi, shuningdek o`zlarining xayriya loyihalari haqida gapirib berishdi. Ishtirokchilar ballar hakamlar bilan shaxsiy suhbatdan so`ng qo`yildi.
2014 yili “Dunyo go`zali” tashkilotchilari rasmiy saytda birinchi o`ringa da`vogarlik qilayotgan qatnashchilar uchun onlayn ovoz berish va ularni ko`rish imkoniyatini beruvchi ko`rikni taqdim etishdi.
“Dunyo go`zali” tanlovi birinchi marta 1951 yili Buyuk Britaniyada bo`lib o`tgan edi. Qoidaga ko`ra, g`olibga toj bilan birga bir yil davomida Londonda yashash, shuningdek "Miss World Organisation"turli xayriya tadbirlarida ishtirok etish uchun shartnomaga ega bo`lishadi. 2013 yili “Dunyo go`zali” nomiga filippinlik Megan Yang sazovor bo`lgan edi, deya xabar bermoqda TASS.





