AsosiyShou-biznes

Shahzodadan yangi yil bayrami uchun maxsus tuhfa

O`zbek estrada san`atida o`zining go`zalligi va xushovozi hamda ajoyib qo`shiqlari bilan doimiy ravishda porlab turgan Shahzoda yaqin kunlarda o`z muxlis va muxlislariga yangi yil sovg`asini taqdim etadi.

Yaqindagina “Ayrilamiz” taronasini muxlislar hukmiga havola qilgan Shahzoda ushbu qo`shiqqa klip ishladi. Ma`lumki, xonanda libos tanlashda milliylik, qulaylik bilan birga jahon moda olamidagi eng so`nggi yangiliklardan foydalanadi. Shuning uchun bo`lsa kerak, uning har bir chiqishi ko`pchilik uchun yangilik bo`ladi va shov-shuvga aylanadi. Bu safar ham Shahzoda o`ziga xos nafis did ila romantik kayfiyat bahsh etuvchi ko`rinishni tanladi. 

Klipda kumush qishning ziynati aks etuvchi bu obraz ko`plab muxlislarga ham ma`qul kelishi aniq.

    Boshqa yangiliklar