2014 yilning 12 noyabrida o`zining ilk texnik sinov efirini boshlagan va oradan roppa-rosa bir oy o`tib, ya`ni 12 dekabr kuni sinov efirining ikkinchi bosqichiga o`tgan “Mening yurtim” telekanali ijodkorlari yangi yil dasturlarini tasvirga olishni boshlab yuborishdi.
Telekanal ijodiy guruhining va`da berishicha, yangi telekanalda yangi yil tamomila o`zgacha bo`ladi. Shou-dasturiga taklif etilgan san`atkorlardan esa teletomoshabinlar va muxlislar kutmagan ijod mahsullari taqdim etiladi.
Kuzatamiz, kutamiz va tomosha qilamiz!















