AsosiyShou-biznes

"MY5" telekanali ochilish marosimidan fotoreportaj

Kuni kecha bo`lib o`tgan "Mening yurtim" telekanalining ochilishi marosimida davlat, jamoat va xorijiy tashkilotlar vakillari, xalqimizning sevimli san`atkorlari, o`zbek estradasi yulduzlari qatnashishdi. San`atimiz vakillari o`z chiqishlari bilan barchani xushnud etishdi.

Quyida e`tiboringizga taqdimot marosimidan hayajonli lahzalarga boy fotoreportajni tomosha qilishingiz mumkin:

1. "MY5" telekanali nomiga nima uchun 5 raqami qo`shilganligi oshkor etildi.  

2. "Mening yurtim" telekanali orqali efirga uzatilgan "Xizmat doirasida" ko`rsatuvining ilk ishtirokchisi Muqaddas Xoliqova kanal ochilish marosimida ko`zyoshlarini tiya olmadi.

3. Yangi telekanal ijodkorlarining asosini yosh jurnalistlar va texnik xodimlar tashkil etadi.

4. O`zbekiston Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov telekanal parvozining bardavom bo`lishini tiladi va doim ular bilan birga ekanligini ta`kidladi

5. Doimo jozibali va maftunkor Rayhon bu kanalning ochilishini uzoq kutganligini tan oldi.

6. Munisa Rizaevaning sahnaga chiqishi hammani beixtiyor raqsga chorladi.

7. Telekanalning yoshlarbopligini eshitib, qo`shiqlar dasturlardan o`rin oladimi yoo`qmi deya xavotirda yurgan Jahongir Poziljonov uni taqdimotga taklif qilishgandan keyingina ko`ngli to`ldi.

8. O`zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova "Mening yurtim" telekanali ijodkorlarini samimiy qutladi.

9. Alisher Fayz davraga o`zgacha fayl ulashdi.

10. O`zbekiston xalq artisti Yodgor Sa`diev "Mening yurtim"ga bag`ishlab qo`shiq kuyladi.

11. Telekanal dasturlar jadvali germaniyalik mutaxassis Rene Falkner ishtirokda tuzib chiqildi.

12. Marosim davomida barcha ishtirokchilarga bayramona osh ulashildi.

    Boshqa yangiliklar