AsosiyDunyo

Deparde Afrikada ikkita sherni o`ldirdi va edi

Fransiyalik akter Jerar Deparde sentyabr oyida Afrikaga qilgan safari davomida nafaqat ikkita sherni o`ldirganligini, balki ularning go`shtini eganligini ham tan oldi. U bu haqda The Independentga bergan intervyusida aytib berdi.

Uning so`zlariga ko`ra, jonivorlarni o`ldirishiga o`z-o`zini himoya qilish bo`lgan. “Mashinamiz Burkino-Faso yo`llaridan birida buzilib qoldi. Ana shunda ikki sher chiqdi va mashina oldiga turdi. Oradan bir necha soat o`tdi, biz esa tashqariga chiqa olmasdik. Shunda bizda ularni otishdan boshqa ilojimiz qolmadi”, - deydi Deparde.

O`ldirilgan sherlarning go`shtini tatib ko`rdingizmi degan savolga Deparde ha deya javob qaytardi. Biroq tafsilotlar bilan o`rtoqlashmadi.

    Boshqa yangiliklar