Serra-Leon hukumati Ebola virusining keng tarqalganligi munosabat bilan Rojdestva va yangi yilni keng miqyosda bayram qilishni bekor qildi. Reuters xabar berishicha, taqiq harbiylar tomonidan nazorat qilib boriladi.
Bayram kunlari davomida ular ko`chalar bo`ylab xizmatga chiqishadi va odamlarni uylariga qaytarishadi. «Barcha aholining uyda bo`lishini ta`xminlaymiz va virusning yanada kengroq tarqalishiga yo`l qo`ymaymiz», - deb yozmoqda Agence France-Presse Ebolaga qarshi kurash milliy markazi rahbariga so`zlariga asoslanib. Taqiq muddati haqida ma`lumot berilmagan.





