AsosiyJamiyat

VI Ijtimoiy media-mahsulotlar milliy festivali g`oliblari aniqlandi

2014 yil 12 dekabr kuni soat 16.00 da VI Ijtimoiy media-mahsulotlar milliy festivali g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Tadbirda vazirlik va idoralar, jamoat va O`zbekistonda akkreditasiyadan o`tgan xalqaro tashkilotlar vakillari,  nodavlat teleradiostansiyalar rahbarlari, ijodiy guruhlari, madaniyat va san`at xodimlari, o`zbek estradasi yulduzlari ishtirok etdi.

Tadbir O`zbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari Milliy Assosiasiyasi (O`zEOAVMA), O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash bo`yicha Parlament komissiyasi, Yoshlar madaniyat va san`at markazi, “Kamolot” YoIH hamda "O`zbeknavo" estrada birlashmasi tomonidan tashkil etildi.

Ijtimoiy festivalda uchta nominasiya bo`yicha quyidagilar g`olib deb topildi:

1. “Sog`lom bola yili” Davlat dasturiga bag`ishlangan eng yaxshi ijtimoiy media-mahsulot”:

- 1-o`rin – Madina Yo`ldosheva, O`zEOAVMA Ijtimoiy milliy loyihasi ishtirokchisi;

- 2-o`rin – Sabina Sagadeeva, O`zEOAVMA Ijtimoiy milliy loyihasi ishtirokchisi;

- 3-o`rin – Madrahim Turdiev – Buxoroning “Istiqlol TV” telestansiyasi jurnalisti.

Nominasiyada radioyo`nalish g`olibi deya “Poytaxt” radiostansiyasi topildi.

2. “Aholining huquqiy madaniyatini oshirish”:

- 1-o`rin – Zohid Rahimxo`jaev, Davron Akimboev - O`zEOAVMA Ijtimoiy milliy loyihasi ishtirokchisi;

- 2-o`rin – Laziza Mamajonova, Akmal Muydinov – “Andijon YoTRK” ijodiy guruhi;

- 3-o`rin – Mo``tabar Nurmuhammedova – “Samarqand STV” jurnalisti.

Nominasiyada radioyo`nalish g`olibi deya “Navro`z” radiostansiyasi topildi.

3. “Sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish”:

- 1-o`rin – Nafisa Avliyoqulova, Abduqodir G`aneiv - O`zEOAVMA Ijtimoiy milliy loyihasi ishtirokchisi;

- 2 – Kozim Hotamqulov, Dilshod Soatov - O`zEOAVMA Ijtimoiy milliy loyihasi ishtirokchisi;

- 3- “Bunyodkor” yoshlar teleklubi

Nominasiyada radioyo`nalish g`olibi deya “Grand” radiostansiyasi topildi.

Milliy festivalda har uchala nominasiyada 1-o`rinni qo`lga kiritganlarga maxsus statuetka, diplom va qimmatbaho sovg`alar taqdim etilgan bo`lsa, 2-, 3-o`rinlarni egallaganlarga diplom va mukofotlar topshirildi. 

    Boshqa yangiliklar