AsosiyDunyo

Bolgariya ko`chalarida yashil rangli mushuk paydo bo`ldi

Shu kunlarda Bolgariyaning Varna shahri ko`chalarida paydo bo`lgan yashil rangli mushuk internet nashrlarining yulduziga aylanmoqda, desak mubolag`a bo`lmaydi.

 

Qizig`i shundaki, ushbu mushukni o`z ko`zlari bilan ko`rish, suratga, video tasmalarga muhrlash uchun dunyoning turli burchaklaridan odamlar kela boshlashdi. Ushbu mushuk hatto hayvonlarni muhofaza qiluvchi turli vakillar e`tiboridan ham chetda qolmadi.

Biroq tuman veterinariya klinikasida mushukning siri ochildi: jonivor shahardagi garajlardan biridagi yashil tusli bo`yoqlar uyumida uxlashni xush ko`ruvchilardan ekan. Bu haqda kp.ru nashri xabar beradi. 

    Boshqa yangiliklar