AsosiyShou-biznes

Shohruhxonning yangi klipi uning shaxsiy hayoti haqida...mi? (video)

Popcorn.uz saytining xabar berishicha, xit qo`shiqlar ijrochisi Shohruhxon eksklyuziv tarzdagi yangi, uning ichki dunyosi, hayollari aks etgan videoklipni muxlislar e`tiboriga havola etmoqda.

Bugungi kunda "Men seni sevaman" nomli tarona Shohruhxon ijodidagi eng romantik qo`shiqlardan biri bo`lib, ko`plab sevishgan yuraklarning madhiyasiga aylangan. Bu qo`shiq visol oqshomlarida ham yangrab, kelin va kuyov raqsi unga hamrohlik qilmoqda. 

Uzoq kutilgan va ko`plab sirlarni o`zida mujassamlashtirgan video mutlaqo yangicha yo`nalishda va yangicha ruhda tayyorlangan. Timur Primqulov tomonidan suratga olingan klip aynan klipmeyker g`oyasi asosida o`zgacha tus oldi. Aslida yoz faslida tasvirga olingan video qahraton qish faslida taqdim etilmoqda. Balki bu klipning muxlislarga taqdim etilishida Shohruhxonning shaxsiy hayotidagi yangiliklar ham sabab bo`lgandir?! Klipda har bir tomoshabin o`ziga yarasha xulosaga ega bo`lishi, qiziqtirgan savoliga javob topishi tayin. 

Klipni tomosha qila turib, muhabbatning qudrati fazo kabi cheksiz, ummon kabi sof ekanligiga yana bir bor amin bo`lishingiz mumkin. Insonning qalbi va ichki hissiyotlari haqiqiy ma`noda o`zgacha rakursda tasvirlangan klipni xoziroq tomosha qilish imkoniyatiga egasiz. 

 

    Boshqa yangiliklar