Time jurnali har yilgi an`anaga ko`ra yil so`ngida “Yil odami” nominasiyasiga loyiq ko`rilgan shaxs nomini e`lon qilishi kerak edi. Bugun, 11 dekabr kuni u Ebola virusiga qarshi kurashgan insonlar sharafiga bu yilgi “Yil odami” Ebola virusi kurashchilariga berildi.
Ebolaga qarshi kurashgan har bir shifokor, hamshira, xattoki ko`ngilli inson bo`lsin, katta yurakka va irodaga ega insonlardir, deydi Time jurnali bosh redaktori Nensi Gibbs.
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bergan ma`lumotlarga ko`ra, 2014 yilning 9 dekabriga qadar Ebola virusidan 6,3 ming kishi vafot etgan.





