2014 yilning o`tgan yanvar-noyabr oylari davomida mamlakatimizda 930.5 mingta yangi ish o`rinlari tashkil etildi, deya xabar bermoqda uz24.uz.
Aholi bandligini ta`minlash va yangi ish o`rinlarini tashkil etish Dasturi doirasida yaratilgan yangi ish o`rinlarining 341.6 mingtasi kichik tadbirkorlik va mikrofirmalarga to`g`ri kelmoqda.
Yangi ish o`rinlari eng ko`p Andijon (74.9 ming), Buxoro (70.7 ming), Qashqadaryo (83.0 ming), Namangan (72.0 ming), Samarqand (88.7 ming), Toshkent (82.7 ming), Farg`ona (86.6 ming) viloyatlaridda hamda Toshkent shahrida (85.9 ming) yaratilgan.
Dasturga ko`ra, 2014 yilda jami 983.6 mingta yangi ish o`rni yaratilishi rejalashtirilgan bo`lib, o`tgan davrda O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining qayd etishicha, reja 1.7 foizga ortig`i bilan bajarilgan.
2015 yilga mo`ljallangan dasturda esa 987.5 mingta yangi ish o`rnini yaratish mo`ljallanmoqda.





