Rayxonning "Izlama" deb nomlangan yangi qo`shig`i uchun kuni kecha videoklip suratga olindi. Klipda bosh rollarni Rayxonning o`zi va Farhod Alimov ijro etishgan, deb xabar qilmoqda Popcorn.uz sayti.
Tungi soat 04:00gacha davom etgan tasvir ishlariga klipmeyker Jasur Shametov boshchilik qildi.
Romantik ruhda bo`lishi rejalashtirilayotgan videoklip inson umrining eng totli va bebaho tortig`i – muhabbat sinovlari haqida.





