Zominda noma`lum shaxslar fuqaroning o`z uyi oldida qoldirilgan “Lacetti” avtomobilini o`g`irlab ketishdi. Bu haqda kun.uz nashri “Na postu” gazetasi ma`lumotlariga tayanib, xabar bermoqda.
Ushbu holat yuzasidan fuqaro Jizzax viloyati Zomin tumani IIBga murojaat qilgan, huquqni muhofaza qilish organlari esa “Qidiruv” tadbirini e`lon qilishgan.
Tez orada avtomobil o`g`rilari qo`lga olingan. U 1982 va 1990 yilda tug`ilgan, hech qaerda ishlamaydigan Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolar bo`lib chiqqan.
Hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.





