Facebook ijtimoiy tarmog`i har yilning dekabr oyi o`rtalariga kelib, yil davomida tarmoqda mashxurlikni qo`ldan bermagan mashxur insonlar reytingini ishlab chiqadi. Bu yil ham an`anaga sodiq qolgan holda u ana shu ro`yxatni tuzib chiqdi va xonanda Beyonse “Yil xonandasi” nominasiyasi bo`yicha g`oliblikni qo`lga kiritdi. Bu haqda rambler.ru nashri xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, uning nomi ijtimoiy saytda har kuni tilga olingan. Ayniqsa uning hayoti, ijodiy faoliyati bilan qiziqqan muhlislar soni keskin oshgan, ulardan kelgan savollar sonini esa birma-bir sanab chiqishning imkoni yo`q emish.





